date

Chilonzorda odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi

Chilonzorda odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida qushxonadan qochib ketgan buqa odamlarga hujum qilgani sababli IIO xodimlari tomonidan otib o‘ldirildi.

IIBB ma’lumotiga ko‘ra, tungi paytda tumandagi Bekto‘pi mahallasida joylashgan qushxonalardan biriga tegishli qora mol tor tumanda ko‘chaga chiqib ketgan.

Jonivor ko‘cha bo‘ylab yurib, bir fuqaroni suzib yuborgan va unga tan jarohati yetkazishga ulgurgan. Bu holat mahalliy aholini xavotirga solgan.

Chaqiruv asosida voqea joyiga kelgan Ichki ishlar organlari xodimlari buqani to‘xtatishga harakat qilgan, biroq u hali ham xavfli bo‘lgan.

Odamlarga yana zarar yetkazishining oldini olish maqsadida buqaga nisbatan o‘qotar qurol ishlatilgan. Buqa voqea joyida otib o‘ldirilgan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tegishli tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Buqa egasi aniqlanib, qonun doirasida javobgarlikka tortiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzorda odamlarga tashlangan buqa otib o‘ldirildi