Chilonzorda yangi ichimlik suvi quvuri yotqizilmoqda

Chilonzorda yangi ichimlik suvi quvuri yotqizilmoqda

Chilonzor tumanida ichimlik suvi tarmoqlarini yangilash ishlari davom etmoqda. «Xonto‘pi» mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 5-tor Diydor ko‘chasida 2026–2027 yillarga mo‘ljallangan dastur asosida rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

Loyiha doirasida eskirgan diametri 100 millimetrli ichimlik suvi quvuri zamonaviy, diametri 110 millimetrli PXV quvurga almashtirilyapti.

Yangilangan tarmoq hudud aholisini sifatli va uzluksiz ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qiladi. Shuningdek, quvurlardagi nosozliklar va avariya holatlarini kamaytirish, suv ta’minoti tizimining barqaror ishlashini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ishlar Chilonzor tumani suv tarmoqlari bo‘limi xodimlari tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ishchilar va ekskavator ko‘cha chetida qazish ishlarini olib bormoqda.Sariq ekskavator tor ko‘chada quvur yotqizish uchun yer qazimoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar