Toshkent viloyati sudyasi ishtirok etgani aytilgan dabdabali to‘y bo‘yicha tarqalgan xabarlar haqiqiy emasligi aniqlandi.
Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati ma’lum qilishicha, videoda aks etgan tantanali tadbir sudyaning uyida emas, balki qarindoshinikida bo‘lib o‘tgan.
Shuningdek, videodagi bola sudyaning farzandi emasligi, sudyaning esa 22 yoshli kichik farzandi borligi aytildi. Sudya ko‘p qavatli uyda yashashi ma’lum qilindi.
Tekshiruv davomida u tadbirga xizmatdan tashqari vaqtda borgani va rasmiy vazifalariga aloqasi yo‘qligi tasdiqlangan.
Shu sababli uning xatti-harakati Sudyalar odobi kodeksiga zid yoki emasligini baholash uchun materiallar Sudyalar odob komissiyasiga yuborildi.
Yakuniy qaror ushbu komissiya tomonidan qabul qilinishi ma’lum qilindi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!