date

Olmaota aeroportida o‘zini yoqib yuborgan erkak bo‘yicha tergov boshlandi

Olmaota aeroportida o‘zini yoqib yuborgan erkak bo‘yicha tergov boshlandi

Olmaota xalqaro aeroportida ro‘y bergan g‘aroyib va shov-shuvli hodisa ko‘pchilikni larzaga soldi. 21-avgust kuni aeroport hududida bir erkak o‘zini yoqib yuborishga urindi. Voqea aeroportning T1 terminali yaqinida sodir bo‘lgan.

Dastlabki tergov ma'lumotlariga ko‘ra, ushbu dahshatli harakatga erkakning turmush o‘rtog‘i bilan bo‘lgan shaxsiy nizolari sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Voqea guvohlarining aytishicha, u oldin ko‘rinib turadigan darajada ruhiy iztirobda bo‘lgan va tanasiga yonuvchan suyuqlik sepib, o‘ziga o‘t qo‘ygan.

Aeroport matbuot xizmatining bergan rasmiy bayonotida qayd etilishicha, hodisa sodir bo'lishi bilan aeroport xavfsizlik xizmati va politsiya xodimlari tezkorlik bilan harakatga o‘tgan. Yong‘in o‘chirilgan, jabrlanuvchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan va u zudlik bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda erkakning ahvoli og‘ir deb baholanmoqda, tibbiy nazorat ostida. Transport politsiyasi hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atgan va tergov ishlari boshlab yuborilgan.

Aeroport ma'muriyati ushbu holat terminal faoliyatiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaganini, barcha reyslar odatiy jadval asosida davom etayotganini ma’lum qildi. T1 terminali doimiy rejimda ish faoliyatini davom ettirmoqda.

Mazkur holat jamoatchilik e’tiborini tortgani sababli huquqni muhofaza qiluvchi organlar voqeaning har bir jihatini o‘rganmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ham ushbu hodisa bo‘yicha turli fikrlar bildirilmoqda. Ko‘pchilik bunday keskin harakatlar ortida jiddiy psixologik muammolar turganini ta’kidlamoqda.

Ayni paytda tergov davom etmoqda. Rasmiylar esa fuqarolarni sabr-toqatli bo‘lishga, turmushdagi muammolarni qonuniy yo‘l bilan hal qilishga chaqirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Olmaota aeroportida o‘zini yoqib yuborgan erkak bo‘yicha tergov boshlandi