date

Toshkentda rinoplastika paytida 9 yoshli bola vafot etdi

Toshkentda rinoplastika paytida 9 yoshli bola vafot etdi

Toshkentdagi xususiy klinikada kutilmagan fojia sodir bo‘ldi: operatsiya paytida 9 yoshli bola hayotdan ko‘z yumdi. Ma’lumotlarga qaraganda, u bir hafta oldin klinikada to‘liq tibbiy ko‘rikdan o‘tgan, kecha — 25 avgust kuni burun sohasida o‘tkazilgan rinoplastika (burnini to‘g‘rilash) jarrohlik amaliyotidan tirik chiqmagan (xuddi Farxod Mannopovdek).

Toshkent shahri prokuraturasi hodisa yuz berganini tasdiqladi va tergovga qadar tekshiruv — dastlabki surishtiruv ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Mazkur jarayon doirasida klinika faoliyati, operatsiya protokoli va barcha tibbiy hujjatlar huquqiy tartibda o‘rganiladi.

Aniq sabablar hozircha ma’lum emas. Rasmiy organlar natijalarni jamoatchilikka ochiq e’lon qilishlarini bildirdi.

Shu o‘rinda yaqinlar va do‘stlarga ushbu xabarni yetkazib, ogohlantirib qo‘yishni so‘raymiz: tibbiy aralashuvlar, ayniqsa narkoz bilan bog‘liq jarrohlik amaliyotlari oldidan muassasaning litsenziyasi, mutaxassislarning malakasi va xavf-xatarlarga oid rozilik shakllari to‘liq tekshirilishi zarur. Ehtiyot bo‘laveringlar, salomatlik borasida har bir qadam mas’uliyat talab qiladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda rinoplastika paytida 9 yoshli bola vafot etdi