Haydovchilik guvohnomasisiz Malibu boshqargan yigit o‘quvchini urib yubordi

1 daqiqa o'qish3.2K
Haydovchilik guvohnomasisiz Malibu boshqargan yigit o‘quvchini urib yubordi

Toshkent viloyatida yo‘l harakati bilan bog‘liq yana bir noxush voqea qayd etildi. Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tarqatgan rasmiy ma’lumotga ko‘ra, 2 sentyabr kuni ertalab 18 yoshli yigit akasining Malibu rusumli avtomobilini haydovchilik guvohnomasiz boshqarib, o‘quvchiga to‘qnashdi.

Hodisa soat 09:30 atrofida Quyi Chirchiq tumani “Sergeli” mahallasi ichki yo‘lida sodir bo‘lgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, maktabda o‘qimaydigan, 2007 yilda tug‘ilgan yigit transport vositasini joyidan qo‘zg‘atish paytida yo‘lda ketib borayotgan 2008 yilda tug‘ilgan 11-sinf o‘quvchisini urib yuborgan.

Ishonchli manbalar qayd etishicha, baxtga yarasha piyoda tan jarohati olmagan. Biroq hodisa mahalliy aholi orasida xavotir uyg‘otgan va o‘smirlar tomonidan qonunga xilof holda avtomobil boshqarish qanchalik xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini yana bir bor ko‘rsatgan.

Hozirda Malibu avtomashinasi jarima maydoniga olib ketilgan. Quyi Chirchiq tumani IIB Yo‘HXБ tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, tergov natijalariga ko‘ra aybdor shaxsning javobgarligi belgilanadi.

Mutaxassislar ota-onalarga murojaat qilib, o‘smirlarning transport vositalariga noqonuniy tarzda o‘tirishiga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini uqtirmoqda. Chunki bir zumlik bee’tiborlik ko‘p hollarda qayg‘uli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?