Jorjo Armani vafot etdi: moda o‘z dahosini yo‘qotdi

1 daqiqa o'qish458
Jorjo Armani vafot etdi: moda o‘z dahosini yo‘qotdi
Bugun moda olamida eng ulug‘ ramzlaridan biri bilan vidolashmoqda. Kursiv.media xabar berishicha, afsonaviy italiyalik modelyer Jorjo Armani 91 yoshida olamdan o‘tdi. Uning vafoti haqida dastlab Repubblica gazetasi ma’lum qildi.
Armani yaqinlari davrasida hayotdan ko‘z yumdi. U 1934-yil 11-iyulda Pyachenseda tug‘ilgan va uzoq faoliyati davomida nafaqat o‘z nomidagi brendni yaratdi, balki butun bir avlod uchun nafislik me’yorlarini belgilab berdi.
Armani modadan tashqari kinematografiyada ham iz qoldirdi. U 100 dan ortiq film, jumladan, mashhur "American Gigolo" va "The Untouchables" kabi kartinalar uchun liboslar yaratgan.
Umrining so‘nggi damlarigacha u o‘z moda uyining ijodiy rahbari va yagona egasi bo‘lib qoldi. Armani hatto deyarli butun umri davomida mehnat qilgan brendining 50 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rayotgan edi.
"Financial Times"ga bergan so‘nggi intervyusida u e’tirof etdi: "Men afsuslanadigan yagona narsa shuki, juda ko‘p vaqtimni ishga, juda oz vaqtimni do‘stlarim va oilamga bag‘ishladim."
Jorjo Armanining vafoti nafaqat sanoat uchun yo‘qotish, balki bir davrning tugashi bo‘ldi. Uning nomi shaxsan siz uchun qanday ma’no kasb etadi?
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?