Samarqandda yigitning takroriy drifti jazo bilan tugadi

1 daqiqa o'qish297
Samarqandda yigitning takroriy drifti jazo bilan tugadi

Samarqand viloyatida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzish holatlari yana jamoatchilik e’tiborida. Viloyat IIB YHXB matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mahalliy yigit 10 kun ichida ikki marta drift harakatini amalga oshirgani uchun jazoga tortildi.

Ma’lum bo‘lishicha, ushbu shaxsda haydovchilik guvohnomasi ham mavjud bo‘lmagan. U avval drift qilib qoidabuzarlik sodir etgani uchun javobgarlikka tortilgan, ammo o‘z qilmisidan xulosa chiqarmasdan yana shu xatoni takrorlagan.

“Xatoni angladik, endilikda qaytarmaymiz. Haydovchilik guvohnomasini olmasdan mashina ruliga o‘tirmaymiz”, — deya izoh bergan qoidabuzar yigit.

Shu bilan birga, viloyatda yana bir nechta holat qayd etilgan. Xususan, bir fuqaro Nexia avtomobil raqamini VAZ-2107 mashinasiga o‘rnatib, to‘y marosimida qoidalarni buzgan. Yana bir shaxs esa Gentra rusumli mashinasida nikoh to‘yida drift qilib, yo‘l harakati xavfsizligini tahdid ostiga qo‘ygan.

Barcha haydovchilarga nisbatan tegishli bayonnomalar rasmiylashtirilgan hamda ularning avtomobillari jarima maydonchasiga joylashtirilgan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, yo‘ldagi har bir qoidabuzarlik nafaqat haydovchining o‘zini, balki atrofdagilar hayotini ham xavf ostiga qo‘yadi. Shu bois jamoatchilik qoidaga rioya qilishning qanchalik muhimligini unutmaslikka chaqirilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?