Tungi klubda erkakni bir urib, komaga tushirgan yigitning sudi bo‘lyapti

1 daqiqa o'qish541
Tungi klubda erkakni bir urib, komaga tushirgan yigitning sudi bo‘lyapti

Toshkent shahrida sodir bo‘lgan janjal va uning og‘ir oqibatlari keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Tungi klub oldida chiqqan mojaro davomida ularni ajratishga urinib, o‘rtaga kirgan fuqaro qattiq jarohat olib, koma holatiga tushgan edi. U shifoxonaga “bosh miya jarohati, yuzida yirtilgan jarohat va spirtli ichimlikdan zaharlanish” tashxisi bilan yotqizilgani haqida avvalroq ma’lum qilingan.

Endilikda bu voqea bo‘yicha ayblanayotgan shaxs — 1995 yilda tug‘ilgan A.Sh.ning sud jarayoni boshlandi. Unga Jinoyat kodeksining qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish, firibgarlik va bezorilik bilan bog‘liq bir nechta moddalar asosida ayblov qo‘yilgan. Mazkur ish Mirzo Ulug‘bek tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda.

Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov ma’lumot berishicha, sud jarayoni ochiq tarzda emas, balki yopiq shaklda o‘tkaziladi. Sabab sifatida sudlanuvchining shaxsiy va oilaviy hayotiga oid ma’lumotlar oshkor bo‘lishi mumkinligi va oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlash zarurati ko‘rsatilgan. Shuningdek, aybsizlik prezumpsiyasi tamoyiliga amal qilish ham asos qilib olingan.

Sudlanuvchining advokatlari iltimosnoma kiritganidan keyin raislik qiluvchi sudya tomonidan u qanoatlantirildi va sud jarayoni yopiq tarzda davom ettirilishi belgilandi.

Rasmiy ma’lumotda ta’kidlanishicha, ish natijasi bo‘yicha adolatli va qonuniy hukm chiqarilishi ta’minlanadi. Jamoatchilikda katta qiziqish uyg‘otgan bu ish yuzasidan sud yakuniga yetgach, ommaviy axborot vositalariga qo‘shimcha axborot taqdim etilishi ham qayd etildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?