Turkistonda otasini kaltaklab kelgan o‘g‘il qo‘lga olindi

1 daqiqa o'qish519
Turkistonda otasini kaltaklab kelgan o‘g‘il qo‘lga olindi

Qozog‘istonning Turkiston viloyatida odamlarni qattiq e’tiborini tortgan va jamoatchilikda qattiq muhokamalarga sabab bo‘lgan holat yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Shardara tumanida yashovchi erkak o‘zining keksa otasini muntazam kaltaklab, turli haqoratlar bilan tahqirlab kelgan. Bu haqida mahalliy manbalar, jumladan “Nur.kz” xabar tarqatdi.

Guvohlarning aytishicha, oiladagi daxshatli manzaraga qo‘shnisi guvoh bo‘lgan. U qo‘shni har safar keksa otaxonning kaltaklanayotganini ko‘rib yurgan, hatto ayrim holatlarni yashirincha videoga ham olgan. Biroq u vaqtliroq politsiyaga murojaat qilmagan. Faqat otaxon og‘ir azoblar ortidan vafot etgach, videoni jamoatchilikka e’lon qilgan. Bu esa holatning qanchalik mudhish va uzoq davom etganini yanada yaqqol ko‘rsatib berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, otasiga zulm qilgan shaxs mahalliy masjidlardan birida xizmat qilgani ham aniqlangan. Bu holat esa jamoatchilik orasida yanada qattiq bahs va norozilik uyg‘otgan.

Hozirda politsiya tomonidan gumonlanuvchi qo‘lga olingan. Rasmiy xabarda ta’kidlanishicha, u vaqtincha saqlash izolatoriga joylashtirilgan va jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov organlari barcha holatlarni atroflicha o‘rganmoqda.

Ichki ishlar organlari ma’lumot berishicha:
“Voqea yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi hibsga olindi va vaqtincha saqlash izolatoriga joylashtirildi. Hozirda barcha tergov-surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Natijalarga ko‘ra, qonun doirasida tegishli qaror qabul qilinadi.”

Mutaxassislar ta’kidlamoqdaki, oiladagi zo‘ravonlik holatlari jamiyat uchun eng og‘ir muammolardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, farzand tomonidan o‘z ota-onasiga nisbatan shunday munosabatning kuzatilishi insoniylik va axloq me’yorlariga butunlay zid holat sifatida baholanmoqda.

Hodisa yurtdoshlar orasida qattiq muhokamaga aylandi va ko‘pchilik bunday holatlarni barvaqt fosh etish, huquq-tartibot organlariga tezkor xabar berish zarurligini uqtirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?