date

Qozog‘istonda xotinini kaltaklab,otga bog‘lab sudragan erkakka sud ishi boshlandi

Qozog‘istonda xotinini kaltaklab,otga bog‘lab sudragan erkakka sud ishi boshlandi

Qozog‘istonda o‘z xotinini shafqatsizlarcha kaltaklab, so‘ng otga bog‘lab dasht bo‘ylab sudraganlikda ayblanayotgan erkak sud jarayonida ilk marta ishtirok etdi. Bu haqda Kazinform axborot agentligi xabar berdi.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, er-xotin o‘rtasidagi mojaro rashk tufayli boshlangan. Janjal vaqtida sudlanuvchi mast holatda bo‘lgani ham qayd etilgan. Oqibatda ayol og‘ir tan jarohatlarini olgan.

Hodisа 2025-yilning iyul oyida ochiq dasht hududida sodir bo‘lgan. Erkak avval ayolni ayovsiz kaltaklagan, so‘ng uni otga bog‘lab bir necha kilometr masofaga sudrab ketgan.

Jabrlanuvchi ko‘plab jiddiy jarohatlar olgan, jumladan, miya shishi, bosh suyagi, oyoq-qo‘llar va tos suyagi singan. Tanada sudralish izlari ham aniqlangan.

Shifokorlar ayolning hayotini saqlab qolish uchun shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatgan bo‘lsa-da, barcha urinishlar samara bermagan. U kasalxonada vafot etgan.

Dastlab erkakka nisbatan badanga og‘ir shikast yetkazish moddasiga asosan jinoiy ish ochilgan. Biroq marhumaning yaqinlari ayblovni og‘irroq jazo moddasiga qayta ko‘rib chiqishni rasman talab qilgan.

Sudlanuvchi jarayonni yopiq sud majlisida o‘tkazishni so‘ragan, ammo bu iltimos sud tomonidan rad etildi. Keyingi sud majlisi 2025-yil 5-dekabr sanasiga belgilangan.

Hozirda sud eshituvlari ochiq tartibda davom etmoqda va mazkur ish mamlakatda oilaviy zo‘ravonlikka qarshi jamoatchilik muhokamalarini yanada kuchaytirdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qozog‘istonda xotinini kaltaklab,otga bog‘lab sudragan erkakka sud ishi boshlandi