date

Qarshida yashirin spirtli ichimlik sexi aniqlandi

Qarshida yashirin spirtli ichimlik sexi aniqlandi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida noqonuniy ravishda spirtli ichimliklar tayyorlanayotgan yashirin sex faoliyatiga chek qo‘yildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xodimlari hamda Ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida “Bunyodkor” mahallasida yashovchi Sh.X. o‘z yashash xonadonda spirtli ichimliklarni noqonuniy tayyorlash va qalbaki aksiz markalarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanib kelayotgani aniqlangan.

Tekshiruv paytida xonadondan 140 litr etil spirti, 1 500 dona aksiz markasi, 20 500 dona spirtli ichimliklar uchun yorliq, minglab bo‘sh shisha idishlar, 2 500 dona yelim qopqoqlar, sana qo‘yish muhri va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa turli jihozlar va materiallar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Fuqaro Sh.X. alkogol mahsulotlarini hududda noqonuniy tarzda sotish maqsadida ishlab chiqarayotgan bo‘lishi mumkinligi inobatga olinib, ish yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshida yashirin spirtli ichimlik sexi aniqlandi