Sergelida ona 7 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi

1 daqiqa o'qish687
Sergelida ona 7 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirdi

Toshkent shahrining Sergeli tumanida ona o‘zining 7 yoshli qizini pichoqlab o‘ldirgani haqidagi xabarlar tasdiqlandi, deb Bosh prokuratura ma’lum qildi. Holat yuzasidan aniqlik kiritish uchun QALAMPIR.UZ muxbiri Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov bilan bog‘landi.

Aniqlanishicha, 1991 yilda tug‘ilgan, Sergeli tumanida yashovchi fuqaro Z.T. 8-sentabr kuni o‘zini g‘ayritabiiy tutib, oshxonada turgan pichoq bilan 2018 yilda tug‘ilgan qizi Z.A.ga bir necha marotaba tan jarohati yetkazgan. Qizaloq og‘ir tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sergeli tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ona Jinoyat-protsessual kodeksining 221-moddasiga muvofiq ushlangan va hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qayd etilishicha, ushbu ayol ilgari ham qizi hayotiga suiqasd qilgan. 2022-yil 28-yanvar kuni u Toshkent hayvonot bog‘ida qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan. Yaxshiyamki, ayiq unga ziyon yetkazmagan. Shundan so‘ng, unga nisbatan 25 va 97-moddalar bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan.

Prokuratura bergan ma’lumotlarga ko‘ra, u 2021-yildan beri ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan. Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi esa uning oliy ta’lim muassasasida dars bergani va ajrashish jarayonida bo‘lganini bildirgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?