
Dallas shahrida “Maxfiy Santa” 322 nafar ustozni qutlab, ularning har biriga 400 dollardan pul sovg‘a qildi. Bu kabi sovg‘ani shaharning oltita maktabidagi ustozlar olishgan.
Noma’lum mesenat bu pullarni shahar o‘rta maxsus ta’lim tashkiloti orqali xayriya qilgan. Shu tariqa u pedagoglarning og‘ir mehnatiga o‘z minnatdorchiligini bildirmoqchi bo‘lgan.
Aksariyat baxtiyor ustozlar bu pullarni o‘z shogirdlariga, to‘g‘rirog‘i sinf xonalarini yaxshilash, kanselyariya buyumlarini xarid qilishga sarflashini aytishgan.
“Nihoyat o‘quvchilarim bitta qaychini bo‘lishib o‘tirmaydigan bo‘lishdi”,-dedi Edison Middle Learning Center o‘qituvchisi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar