Marg‘ilon shahrida qonunga zid ravishda savdoga chiqarish maqsadida saqlangan, sifati kafolatlanmagan tibbiy mahsulotlarning yirik miqdordagi partiyasi aniqlandi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning shahar bo‘limi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida qonunbuzarlikning oldi olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro S.A. va boshqa shaxslar o‘zlariga tegishli xonadonlar hamda savdo do‘konlarida turli tibbiy buyumlarni noqonuniy tarzda saqlab kelgan. Ulardan umumiy qiymati 963,5 million so‘mga teng bo‘lgan, sifat sertifikati yo‘q 46 turdagi tibbiy mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Tezkor tadbir davomida aniqlangan dorilar va tibbiy vositalar aholi salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkinligi ta’kidlandi. Chunki bunday mahsulotlar klinik sinovlardan o‘tmagan, rasmiy organlar tomonidan sertifikatlanmagan va ishlatilishi odamlar hayotiga xavf solishi ehtimolini kuchaytiradi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu modda sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash yoki tarqatish holatlari uchun javobgarlikni nazarda tutadi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Marg‘ilonda salkam 1 milliardlik qalbaki dorilar topildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar