date

Samarqandda tungi tezlik fojeasi: mototsiklchi “Onix”ga urildi— video

Samarqandda tungi tezlik fojeasi: mototsiklchi “Onix”ga urildi— video

Samarqand shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi jamoatchilik orasida katta muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda mototsikl va yengil avtomobil ishtirokidagi xavfli to‘qnashuv yozib olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea 15 sentyabr kuni soat 03:30 atrofida Usta Umar Jo‘raqulov ko‘chasida qayd etilgan. BMW S1000RR rusumli yuqori tezlikka mo‘ljallangan sport mototsiklini boshqarayotgan haydovchi svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanib kelayotgan paytda katta shiddat bilan “Onix” avtomashinasiga borib urilgan.

Tezlikning yuqoriligi va soatning kech bo‘lishi tufayli haydovchi vaziyatni nazoratdan chiqarib qo‘ygani taxmin qilinmoqda. Zarba kuchli bo‘lgani sababli mototsiklchi turli tan jarohatlari bilan kasalxonaga yotqizilgan. Hozirgi paytda u shifokorlar nazorati ostida.

Samarqand viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi ma’lumot berishicha, mazkur hodisa yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlangan. Hodisaning barcha holatlari, jumladan, haydovchilarning harakat tezligi va yo‘ldagi vaziyat atroflicha o‘rganilmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, sport mototsikllari katta tezlikka ega bo‘lgani bois ularni boshqarish katta tajriba va mas’uliyat talab qiladi. Hatto kichik xatolik ham og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois yo‘l harakatining barcha ishtirokchilari ehtiyotkor bo‘lishi va belgilangan qoidalarga qat’iy rioya etishi zarur.

Jamoatchilik va fuqarolarga yana bir bor eslatib o‘tiladi: tezlikka berilgan bir lahzali havoyi xursandchilik soniyalar ichida hayot uchun xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda tungi tezlik fojeasi: mototsiklchi “Onix”ga urildi— video