Toshkent shahrida sodir bo‘lgan yo‘l talashish bilan bog‘liq mojaro og‘ir oqibatlarga sabab bo‘ldi. Bu haqda shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot tarqatdi.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea Yakasaroy tumanidagi Mukimiy ko‘chasida ro‘y bergan. «Gentra» avtomashinasi haydovchisi o‘zining xomilador turmush o‘rtog‘i bilan harakatlanayotgan paytda «BYD» haydovchisi bilan yo‘l masalasida tortishuv yuzaga kelgan.
Jabrlanuvchi haydovchi aytishicha, u harakatlanish chog‘ida povorotni yoqib, yo‘nalishni o‘zgartirmoqchi bo‘lgan, ammo bu jarayonda «BYD» orqasidan kelayotgan bo‘lsa-da, unga hech qanday to‘siq qilmagan. Biroq orqadagi haydovchi signal chalish va befoyda shovqin solish bilan vaziyatni keskinlashtirgan.
Shundan keyin «BYD» haydovchisi va «Gentra»ni to‘xtatib, mashinaning oynalarini sindirib, haydovchini kaltaklashgan. Jabrlanuvchi necha marta xomilador turmush o‘rtog‘i borligini aytsa-da, hujumlar to‘xtamagan.
Oqibatda esa eng og‘ir holat qayd etildi: «Gentra»da bo‘lgan ayolning xomilasi noxush holat tufayli yo‘qotilgan. Bu esa oila uchun qayg‘uli fojeaga aylandi.
IIBB xabariga ko‘ra, mojaroda ishtirok etgan shaxslar yo‘l harakati qoidalarini qasddan buzib, yo‘lni to‘sib, sun’iy ravishda tirbandlik keltirib chiqarishgan. Ular nafaqat so‘kish va haqorat qilishgan, balki avtomashinaga ham qattiq zarar yetkazishgan.
«Men hech qachon mashinaning ichida ayol kishi borligini bilmaganman. Ba’zi tortishuv sabab vaziyat yuzaga keldi. Bunday ish qilganimdan qattiq afsusdaman. Oila va jamiyatdan uzr so‘rayman», — deya izoh berdi «BYD» haydovchisi.
Hozirda Yakasaroy tumani IIB tomonidan mazkur ish yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 2-qismi «b» bandiga asosan (bir guruh shaxslar tomonidan bezorilik) jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va gumonlanuvchilar qo‘lga olindi.
Terguv jarayonida esa jabrlanuvchi ayolning xomilasi yo‘qotilgani aniqlanib, uning aniq sabablarini o‘rganish maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi. Ekspertiza natijalariga ko‘ra, gumonlanuvchilar harakatlariga qo‘shimcha huquqiy baho beriladi.
Yo‘ldagi janjal fojea bilan tugadi: homilador ayol homilasidan ayrildi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar