Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumanida “Tracker” avtomashinasi haydovchisi velosipedchini urib yubordi. Voqea 16:30 atrofida, haydovchi mast holda avtomashina boshqarib, tartibga solinmagan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan velosipedchini urgan. Bu haqda Ruxsor TV xabar berdi.
Natijada velosipedchi voqea joyida halok bo‘lgan. Shundan so‘ng, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Bog‘dod tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqildi. Sud haydovchini Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha aybdor deb topdi.
Sud hukmiga ko‘ra, haydovchi 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. Shuningdek, u 3 yilga transport vositasini boshqarish huquqidan ham mahrum etildi. Jazo manzil-koloniyada o‘taladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar