O‘zbekistonda uzoq umr ko‘ruvchilarning pensiyalari oshirildi, 75 yoshli qariyalarning qarzlari hisobdan chiqarildi

1 daqiqa o'qish11.5K
O‘zbekistonda uzoq umr ko‘ruvchilarning pensiyalari oshirildi, 75 yoshli qariyalarning qarzlari hisobdan chiqarildi
O‘zbekistonda uzoq umr ko‘ruvchilarning pensiyalari oshirildi, 75 yoshli qariyalarning qarzlari hisobdan chiqarildi

O‘zbekistonda 100 yosh va undan katta yoshli qariyalarning pensiyalariga eng kam oylik maoshning bir barobarida qo‘shimcha haq qo‘shiladi, 75 yoshdan katta yoshli qariyalarning pensiya bo‘yicha qarzlari hisobdan o‘chiriladi.

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov 14 aprelda “Yoshi katta aholini ijtimoiy himoya qilish hamda moddiy qo‘llab-quvvatlashni kelgusi kuchaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi.

Hujjat “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq “100 yoshga yetgan va undan katta keksa yoshdagilarga tegishlicha e’tibor qaratish hamda pensionerlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti qatnashchilarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qo‘llab-quvvatlashni kuchaytirish” maqsadida qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, 2015 yilning 1 mayidan 100 yosh va undan katta fuqarolarning pensiyalariga eng kam oylik maoshning 100 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha to‘lov o‘rnatiladi.

Shuningdek, 1 maydan eng kam oylik maoshga bog‘liq holda o‘zgaruvchi (batafsil ma’lumotlar keyinroq chop etiladi) uy-joy-kommunal xizmatlariga haq to‘lash uchun har oylik kompensatsiya to‘lovlari taqdim qilinadigan imtiyozga ega shaxslar toifalarining yangilangan ro‘yxati kuchga kiradi.

Bundan tashqari, pensiya va nafaqalarning to‘g‘ri to‘langanligini tekshirish natijalariga ko‘ra va qonunchilikda ko‘zda tutilgan imtiyozlarning qo‘llanishi natijasida aniqlangan 75 yosh va undan katta yoshdagi fuqarolarning ortiqcha to‘langan pensiya va nafaqalar bo‘yicha qarzlari 2015 yil davomida hisobdan o‘chiriladi.

Manba: www.kun.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?