date

Jizzaxda sudya yordamchisi pora olayotganda ushlandi

Jizzaxda sudya yordamchisi pora olayotganda ushlandi
Jizzax viloyati fuqarolik ishlari bo‘yicha Do'stlik tumanlararo sudi sudya yordamchisi pora bilan ushlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, u Mirzacho‘l tumanida yashovchi ayolning ishonchini qozonib, turmush o‘rtog‘i bilan ajrashish jarayonini tezlashtirish va mol-mulk taqsimotida yordam berish evaziga 300 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda sudya yordamchisi xizmat xonasida pora olayotganda ashyoiy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxda sudya yordamchisi pora olayotganda ushlandi