Termizda ona voyaga yetmagan bolasini ruliga o‘tqazdi

1 daqiqa o'qish193
Termizda ona voyaga yetmagan bolasini ruliga o‘tqazdi

Surxondaryo viloyati markazi Termiz shahrida jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan holat qayd etildi. Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi ma’lumoticha, bir ayol o‘zining voyaga yetmagan o‘g‘lini avtomashina ruliga o‘tqazib, yo‘lda harakatlanishiga yo‘l qo‘ygan.

Hodisa tasodifan emas, balki shahardagi ta’lim muassasasi yaqinida o‘rnatilgan videokuzatuv kameralari orqali qayd etildi. Kadrlarda ona bolasiga rulni ishonib topshirgani va yo‘lda harakatlangani aniq ko‘rinadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, bu nafaqat bolaning hayoti, balki yo‘ldagi barcha ishtirokchilar xavfsizligi uchun katta tahdiddir.

Viloyat YHXB xabarida aytilishicha, bu kabi holatlar ta’lim muassasalari atrofida o‘rnatilgan kameralar orqali muntazam kuzatib boriladi. Agar ota-onalar farzandining salohiyatini “ko‘z-ko‘z qilish” maqsadida qonunga xilof harakat qilsa, ular aniqlanadi va belgilangan tartibda javobgarlikka tortilsa, ajab emas.

«Qonun o‘yinchoq emas. Avtomashina boshqarish faqatgina belgilangan huquq mavjud bo‘lganda mumkin. Voyaga yetmagan farzandni rulga o‘tqazish — bu xavfli va mas’uliyatsiz harakat», — deyiladi YHXB bayonotida.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu kabi “tajriba”lar bolalarda noto‘g‘ri ko‘nikmalar shakllantirishi va kelgusida yanada og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin. Shu bois barcha ota-onalardan ehtiyotlikka va qonun qoidalariga rioya qilishga chaqirildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?