Pokistonda og‘ir ahvolda qolgan vatandoshimiz K.I. va uning besh nafar farzandi O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, K.I. o‘z murojaatida Pokistonda boquvchisiz qolgani, uy-joy va kundalik ehtiyojlar uchun mablag‘i yo‘qligini bildirgan va yurtiga qaytishda yordam so‘ragan.
O‘zbekistonning elchixonasi murojaatni alohida nazoratga olib, ularga vaqtincha turar joy, oziq-ovqat, kiyim-kechak va kundalik ehtiyojlar uchun zarur yordamni ko‘rsatdi. Shuningdek, qaytishi uchun barcha konsullik-huquqiy hujjatlar rasmiylashtirildi.
Pokiston rasmiylari bilan muzokaralar natijasida, vizasi va qonuniy turish tartibini buzganiga qaramasdan, K.I. va farzandlari jarimasiz davlatdan chiqib ketishiga ruxsat berildi.
O‘zbekiston elchixonasi va Migratsiya agentligi yordamida “Uzbekistan Airways”ning “Islomobod–Toshkent” yo‘nalishida aviachiptalar olib berildi va oila 27 sentyabr kuni yurtiga qaytdi.
Pokistonda qiynalgan ona 5 farzandi bilan vatanga qaytdi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar