
Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi ma’lum qilishicha, poytaxtda 20 kun davomida atmosferaga belgilangan me’yordan ortiq zararli moddalar chiqarayotgan 367 ta avtomobil aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10-sentyabridan bugunga qadar Toshkent shahrida jami 26 900 ta avtotransport vositalari maxsus tekshiruvdan o‘tkazilgan.
Tekshiruv jarayonida shahardagi 367 ta transport vositasi me’yordan ancha yuqori darajada zararli chiqindilar havoga tarqatayotgani qayd etildi. Shu sababli, mazkur vositalar haydovchilariga nisbatan davlat standartlarini qo‘pol ravishda buzganlik uchun ma’muriy jazo choralari qo‘llandi.
Ekologiya idorasiga ko‘ra, poytaxtda “Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi hozirgi kunda faol ravishda olib borilmoqda va u 10-oktyabrgacha davom etadi.
Eslatib o‘tamiz, shuningdek, Navoiy viloyatida ham atrof muhitni ifloslantirayotgan 20 dan ziyod ishlab chiqarish korxonalari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgani haqida avvalroq ma’lum qilingan edi.
Mutahassislar fikricha, bunday choralar aholi salomatligini muhofaza qilish va shahar havosini sof saqlash uchun zarur va o‘z vaqtida qo‘llanilgan qadam sifatida ahamiyatga ega.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.