Urganch markazida dahshat: Cobalt qahvaxonaga kirib ketdi

Urganch markazida dahshat: Cobalt qahvaxonaga kirib ketdi
Qisqacha

Urganch shahrida 12 iyun kuni soat 17:59 da katta tezlikda harakatlangan Cobalt avtomobili markaziy Coffelitto qahvaxonasiga borib urilib, ichkariga kirib ketdi. Ijtimoiy tarmoqlardagi tasvirlarga ko‘ra, mashina svetaforning to‘xtash ishorasiga amal qilmasdan chorrahadan o‘tgan va qahvaxonagacha bo‘lgan masofada tezligini pasaytirmagan.

Urganch shahri ko‘chalari bo‘ylab katta tezlikda harakatlangan Cobalt 12 iyun kuni soat 17:59 da shahar markazidagi Coffelitto qahvaxonasiga borib urilib, ichkariga kirib ketdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan tasvirlarda katta tezlikda harakatlanib kelayotgan Cobalt svetaforning to‘xtash ishorasiga amal qilmasdan chorrahadan o‘tib, qahvaxona tomonga yo‘nalgani va daxshatli avariya sodir etgani ko‘rinadi.

Shuningdek, qahvaxonagacha bo‘lgan masofada Cobalt'ning tezligi pasaymaganini ham ko‘rish mumkin.

Hodisa oqibatida qahvaxonaning ikki xodimi jiddiy jarohatlangan. Ulardan biri baxtli tasodif tufayligina tirik qolgan. Ammo jag‘ va bo‘yin qismlaridan jiddiy jarohat olgan.

Hozircha hodisa haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar