Qandolat sexi milliard so‘mlik gazni noqonuniy ishlatgani aniqlandi


Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumanida yakka tartibdagi tadbirkor M.D.ga qarashli qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish sexida hisoblagich o‘rnatilmagan holda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi, deb “O‘zenergoinspeksiya” ma’lum qildi.
Nazorat tadbiri “O‘zenergoinspeksiya”ning hududiy boshqarmasi, IIB va gaz ta’minoti korxonasi hamkorligida o‘tkazilgan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida gaz ta’minoti korxonasiga 1 milliard 17 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…