O‘zbekistonda yarim yilda 50 ga yaqin talabalar narkotik savdosida qo‘lga tushdi

1 daqiqa o'qish224
O‘zbekistonda yarim yilda 50 ga yaqin talabalar narkotik savdosida qo‘lga tushdi

O‘zbekistonda yarim yilda 50 ga yaqin talabalar narkotik savdosida qo‘lga tushdi, deb Uznews xabar berdi.

Prezident huzuridagi Narkotik moddalar ustidan nazorat milliy markazi maʻlumotiga koʻra, 2025 yilning dastlabki olti oyi ichida 46 nafar talabaniing narkotik savdosiga aloqadorligi aniqlangan. Bu haqda markaz katta inspektori Muhammadqodir Mahmudov maʻlum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, oxirgi paytlarda jinoyiy guruhlar talabalarni narkotik tashuvchi sifatida faol jalb etmoqda. Oliy ta’lim muassasalariga kirgan yoshlar noqonuniy faoliyatga tortilayotgani kuzatilmoqda.

Shuningdek, inspektor mamlakatda yashirin narkolaboratoriyalar soni ortib borayotganini ta’kidladi. Agar 2024 yil davomida 5 ta bunday laboratoriya aniqlangan bo‘lsa, 2025 yilning yarim yilligidayoq 8 ta holat qayd etilgan.

Mahmudovning aytishicha, endi narkotiklar tabiiy mahsulotlarda emas, balki ichimliklar, energetiklar, kofe va shirinliklar kabi mahsulotlarda ham uchramoqda. Ushbu moddalarni faqat bir marta isteʻmol qilish ham kuchli bog‘liqlikka olib kelishi mumkin.

Inspektorning ta’kidlashicha, yangi turdagi narkotiklar odamdаgi o‘zgarishni darhol namoyon qilmaydi. Shu bois ko‘plab ota-onalar farzandlaridagi o‘zgarishni yaxshi tomonga deb o‘ylaydi, aslida esa bu illatning dastlabki belgilari bo‘ladi. Vaqt o‘tishi bilan og‘riq, ruhiy iztirob va hatto suiqasd holatlari ham uchrayotgani aytildi.

2025 yilda narkotik jinoyatlar soni 2024 yilga nisbatan 23 foizga oshgan. Muhammadqodir Mahmudov fuqarolarni, ayniqsa ota-onalarni, farzandlariga nisbatan e’tiborli va hushyor bo‘lishga chaqirdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?