Prokuratura bir nechta tumanlarda yirik o‘g‘irliklarni fosh qildi

Prokuratura bir nechta tumanlarda yirik o‘g‘irliklarni fosh qildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari bo‘yicha bir necha joyda tekshiruvlar o‘tkazildi.

Hazorasp tumanida “H.P.” ishlab chiqarish kooperativi mas’ullari ekin yer maydonidagi suv nasosi va boshqa jihozlarni elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 504,2 million so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi.

Shuningdek, Chinoz tumanida fuqaro N.A. xonadonida hisoblagichdan tashqari ulanib, 150,8 million so‘mlik tokni o‘zlashtirgan. Oltiariq va Bag‘dod tumanlarida fermer xo‘jaliklari rahbarlari tomonidan 157,1 million so‘mlik noqonuniy ulanishlar qayd etildi. Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari asosida ish qo‘zg‘atildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar