date

Farg‘onadagi AGTKSH 3 milliard so‘mlik gazni noqonuniy sarfladi

Farg‘onadagi AGTKSH 3 milliard so‘mlik gazni noqonuniy sarfladi

Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahrida joylashgan “M.M.C.” MChJga qarashli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchasida yirik miqdorda gazdan noqonuniy foydalanganlik holati fosh etildi.

“O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tekshiruvda aniqlanishicha, shoxobchadagi gaz hisoblagich uskunasiga tashqi aralashuv bo‘lgan va muhrlar buzilgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, bu qoidabuzarlik natijasida davlat gaz ta’minoti korxonasiga 2 milliard 944 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Ayni paytda holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onadagi AGTKSH 3 milliard so‘mlik gazni noqonuniy sarfladi