2017 yildan beri faoliyat yuritgan “Deadpool” nomli telegram narkodo‘koni fosh qilindi.
Bojxona va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligidagi tezkor tadbirlar natijasida mazkur narkodo‘konning asosiy tarqatuvchilari Andijon va Toshkent viloyatlarida qo‘lga olindi.
Xususan, Qirg‘izistondan uloqtirilgan 602 gramm “alfa-PVP” moddasini qabul qilib olayotgan shaxs ushlangan. U 3 yilda 50 kg giyohvand modda tarqatganini tan olgan.
Toshkent viloyatida esa 492 gramm “klefedron” moddasi yashirilgan akkumulator orqali yetkazilgan, ikki fuqaro ushlangan. Ular yarim yilda 12,5 ming doza tarqatganini aytgan.
Mayda tarqatuvchilar Toshkent shahar va viloyatidagi istirohat bog‘lari va ta’lim muassasalari atrofini tarqatish nuqtasi sifatida tanlagan. Hozirda jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Telegramdagi giyohvand tarmoq 8 yildan so‘ng fosh bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar