date

Andijonda Nexia haydovchisi ikki bolani urib yubordi

Andijonda Nexia haydovchisi ikki bolani urib yubordi

Andijon viloyatida yana bir yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Bu safar Nexia avtomobili haydovchisi ikki voyaga yetmagan bolani urib yubordi, deb xabar berdi viloyat YHXB matbuot xizmati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa 12-oktyabr kuni soat taxminan 14:30 larda Andijon tumani “Qurama” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda sodir bo‘lgan. Nexia-3 haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan N.Ya. va N.I. ismli bolalarga urilgan.

Natijada voyaga yetmagan N.I.ga “chap oyoqning yopiq sinishi” tashxisi qo‘yildi. Hamrohi N.Ya. esa omadga ko‘ra, tan jarohatlarisiz qutuldi. Har ikki bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, ularning ahvoli barqaror ekani aytilmoqda.

Hodisa joyiga YHXB xodimlari yetib borib, dastlabki tergov harakatlarini boshladi. Haydovchi so‘roqqa tortilgan, hozirda voqea sabablari o‘rganilmoqda.

Mahalliy aholi ta’kidlashicha, bu yo‘l uchastkasida piyodalar uchun belgilangan o‘tish joyi aniq belgilanmagan va harakat qattiq. Shu sababli bu yerda ilgari ham shunga o‘xshash hodisalar qayd etilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda Nexia haydovchisi ikki bolani urib yubordi