Samarqandda bolani urgan maktab kotibasi ishdan bo‘shatildi

1 daqiqa o'qish169
Samarqandda bolani urgan maktab kotibasi ishdan bo‘shatildi

Samarqand viloyatining Qo‘shrabot tumanidagi 71-maktabda ro‘y bergan noxush holat jamoatchilikning e’tiborini tortdi. Ma’lum bo‘lishicha, maktab xodimasi boshlang‘ich sinf o‘quvchisiga qo‘l ko‘targani uchun ishdan ozod etildi, deb xabar berdi vilmaktab.uz.

6 oktyabr kuni soat 09:30 larda maktabning kadrlar bo‘yicha menejeri Q.S. tanaffus vaqtida o‘z farzandining shikoyatini eshitgan. Unga ko‘ra, bola sinfdoshi bilan tortishib qolgan va jahli chiqqan ona o‘sha sinfga kirib, bolani urib yuborgan.

Tez orada vaziyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan nazoratga olingan. Bolaning jarohat olgan-olmaganini aniqlash uchun ekspertiza tayinlangan. Tekshiruv natijalarida bolaga yengil tan jarohati yetkazilgani ma’lum bo‘ldi.

Shundan so‘ng, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi xodimning mehnat shartnomasi bekor qilinganini ma’lum qildi. Shu bilan birga, maktabda ichki intizom qoidalariga rioyani ta’minlamagan ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosariga ham intizomiy jazo chorasi ko‘rildi.

Bu holat yana bir bor ta’lim muassasalarida muloqot madaniyati, sabr-toqat va bolalarga nisbatan ehtiyotkorlikning muhimligini eslatdi. Bolalarni tarbiyalash nafaqat bilim berish, balki ehtirom va mehr bilan munosabatda bo‘lishni ham talab qiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?