Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi inspektorlari tomonidan Oqdaryo tumanidagi “M.M.M.N” fermer xo‘jaligi faoliyati tekshirildi.
Tekshiruv davomida fermer xo‘jaligiga tegishli ekskavator va yuk mashinasi orqali Qoradaryo daryosidan qum-shagal aralashmasi noqonuniy ravishda olib chiqilgani aniqlandi.
Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, ushbu noqonuniy faoliyat oqibatida tabiatga 43 milliard 12 million 57 ming 536 so‘m miqdorida zarar yetkazilgan. Ayni paytda ushbu texnika vositalari jarima maydoniga olib ketildi. Holat yuzasidan rasmiy hujjatlar Samarqand viloyati prokuraturasiga yuborildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar