Qashqadaryo viloyatining chekka hududlaridagi bolalar endi bog‘cha ta’limi bilan qamrab olinmoqda. Xususan, Chang‘ak va Qizilqishloq mahallalarida yashovchi 3-7 yoshli bolalar uchun “Aqlvoy” avtobus-bog‘chasi yo‘lga qo‘yildi, deb mahalliy hokimliklar xabar berdi.
Har kuni 16 nafar bola maxsus jihozlangan avtobusda bog‘chaga keladi va tarbiyachi murabbiy hamrohligida mashg‘ulotlarda ishtirok etadi. Ularning ta’limi tugagach, avtobus bolalarni yana o‘z uylariga yetkazib qo‘yadi.
Loyiha doirasida 32-sonli davlat maktabgacha ta’lim muassasasi qoshida “Mobil A” va “Mobil B” nomli guruhlar tashkil etilgan. Bu tashabbus olis hududlardagi bolalarning barobar ta’lim olish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar