date

Qarzdor tadbirkorning korxonasi auksionda – 4,65 mlrd so‘mlik mulk savdoda

Qarzdor tadbirkorning korxonasi auksionda – 4,65 mlrd so‘mlik mulk savdoda

Samarqand shahrida faoliyat yurituvchi “A.S.” mas’uliyati cheklangan jamiyati (MCHJ) biznesni kengaytirish maqsadida mahalliy bankdan kredit olgan. Biroq tashkilot kredit shartlariga rioya qilmaganligi oqibatida 4 milliard 650 million so‘mlik qarzdorlik yuzaga kelgan.

Mazkur holat bo‘yicha 2025-yil 15-iyun kuni Samarqand shahar fuqarolik sudining qarori bilan, qarzni undirish uchun garov sifatida qo‘yilgan korxona binosiga da’vo qaratilgan.

Shunga qaramay, korxona rahbariyati qarzni bartaraf etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘rmagan. Shundan so‘ng, Majburiy ijro byurosi viloyat boshqarmasi inspektorlari tomonidan korxona rahbariyatiga bir necha bor eslatma berilgan va mol-mulk ustidan taqiq qo‘yilgan.

Qarzdorlik muddati o‘tib ketgani sababli, garovdagi ko‘chmas mulk — korxona binosi 4,65 milliard so‘mga baholanib, onlayn auksion orqali ochiq savdoga chiqarildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qarzdor tadbirkorning korxonasi auksionda – 4,65 mlrd so‘mlik mulk savdoda