Avtobus yo‘laklarini nazorat qiluvchi kameralar o‘rnatilmoqda

Toshkentda jamoat transporti harakatiga xalaqit berayotgan avtomobil haydovchilarini aniqlash uchun maxsus kameralar o‘rnatilmoqda. Yangi tizim avtobuslar uchun ajratilgan yo‘lakdan qoidabuzarlik bilan foydalangan transport vositalarini qayd etishga mo‘ljallangan.
Dastlabki 6 kilometr uzunlikdagi kameralar Farg‘ona yo‘li shossesining har ikki tomoniga o‘rnatildi. Ular avtobuslar harakati uchun ajratilgan yo‘lakka kirgan avtomobillarni aniqlaydi va qoidabuzarlik bo‘yicha avtomatik ravishda jarima rasmiylashtirilishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lumot uchun, soat 06:00 dan 23:00 gacha maxsus «A» yo‘lagida oddiy avtomobillarning harakatlanishi taqiqlangan.
Bunday nazorat kameralarini kelgusida Toshkent shahrining boshqa asosiy ko‘chalariga ham o‘rnatish rejalashtirilgan.






























Izohlar 0
…