date

Namanganda to‘y kortejidan so‘ng 25 haydovchi guvohnomasiz qoldi

Namanganda to‘y kortejidan so‘ng 25 haydovchi guvohnomasiz qoldi

Namangan viloyatida to‘y korteji ishtirokchilari yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun javobgarlikka tortildi, deb xabar berdi Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati.

O‘rganishlar davomida 50 nafar haydovchi drift harakatlarini bajargani, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqani va transport vositalari hamda piyodalar uchun xavf tug‘dirgani aniqlangan. Ayrim haydovchilar bu holatlarni videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan.

Sud qaroriga ko‘ra, eng qo‘pol qoidabuzarlik sodir etgan 25 nafar haydovchi bir yil muddatga haydovchilik guvohnomasidan mahrum etildi va ularga bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari miqdorida jarima belgilandi.

Qolgan 25 nafar haydovchiga esa BHMning 5 baravari — 2 million 60 ming so‘m jarima qo‘llanildi.

Ichki ishlar organlari to‘y kortejlarida xavfli haydovchilikka yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning hayotiga xavf tug‘diradigan bunday holatlarga nisbatan qat’iy choralar davom ettirilishini ma’lum qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda to‘y kortejidan so‘ng 25 haydovchi guvohnomasiz qoldi