date

Ozarbayjonda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Ozarbayjonda og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol elchixona ko‘magida vatanga qaytarildi, deb xabar berdi “Dunyo” agentligi. Elchixona diplomatiyasi xorijda qiynalayotgan fuqarolarga muntazam yordam berishda davom etmoqda.

Sog‘ligida jiddiy muammolar, jumladan, mikroinfarkt bilan bog‘liq holatlar kuzatilgan ayol elchixonaga murojaat qilib, vatanga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishda amaliy yordam so‘ragan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro yillar davomida zarur hujjatlarsiz yashab kelgan va ko‘chib yurishlar natijasida shaxsini tasdiqlovchi hujjatini ham yo‘qotgan. Bu esa uning qonuniy maqomini ancha murakkablashtirgan.

Tibbiy holati, doimiy yashash manzili yo‘qligi va og‘ir moddiy sharoitini inobatga olgan holda, elchixona tomonidan aviachipta xaridi ham o‘z ichiga olgan tezkor repatriatsiya choralari ko‘rilgan.

Ayni vaqtda fuqaro O‘zbekistonga yetkazilgan bo‘lib, unga tegishli mutasaddi idoralar tomonidan zaruriy tibbiy va ijtimoiy yordamlar ko‘rsatilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Ozarbayjonda og‘ir ahvolda qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi