date

Dunyoning qaysi mintaqasida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko'p?

Dunyoning qaysi mintaqasida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko'p?

BMTning Narkotiklar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi hamda “BMT-ayollar” tuzilmasi 25-noyabr — Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni munosabati bilan ogohlikka chaqiruvchi hisobot e’lon qildi.

2025-yilgi femitsid (ayollarning qasddan o‘ldirilishi) hisobotiga ko‘ra, 2024-yilda 83 ming ayol va qiz ataylab o‘ldirilgan. Ularning 137 nafari har kuni, ya’ni har 24 soatda o‘zining turmush o‘rtog‘i yoki yaqin qarindoshi qo‘lida hayotdan ko‘z yumgan.

Hisobotda aytilishicha, bu qotilliklarning 60 foizi, ya’ni 50 mingdan ortig‘i aynan jinsiy sheriklar yoki oila a’zolari tomonidan sodir etilgan. Erkaklar orasida esa bu ko‘rsatkich atigi 11 foizni tashkil etadi.

Dunyoning barcha mintaqalarida gender asosidagi qotillik holatlari qayd etilmoqda. Ayollarga nisbatan femitsid eng ko‘p Afrikada kuzatilgan — har 100 ming ayolga 3 ta holat. Shuningdek, Amerika (1,5), Okeaniya (1,4), Osiyo (0,7) va Yevropada (0,5) ham bu raqamlar xavotirli darajada.

BMT ushbu vaziyatni keskin tanqid qilgan va ayollar xavfsizligini ta’minlashda barcha davlatlarni real choralar ko‘rishga chaqirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoning qaysi mintaqasida ayollarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari ko'p?