
Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida joylashgan g‘isht zavodida o‘tkazilgan reyd davomida ekologik me’yorlarga zid holatlar aniqlandi. Zavoddan chiqayotgan quyuq va badbo‘y tutunlar, ayniqsa, tungi soatlarda uzoq masofadan ko‘rinib, aholi e’tiroziga sabab bo‘lgan.
Tekshiruv natijalariga ko‘ra, korxonada havoni tozalovchi hech qanday filtr o‘rnatilmagani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, g‘isht pishirish uchun maxsus yoqilg‘i o‘rniga turli xil chiqindilar yoqib kelingani qayd etildi.
Zavod hududida yoqishga tayyorlab qo‘yilgan katta miqdordagi chiqindi uyumlari ham aniqlangan. Mazkur holat yuzasidan tegishli qonuniy choralar ko‘rilmoqda va korxona faoliyati nazoratga olingan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.