Toshkentda chiqindi maydonchasidagi noodatiy e’lon ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda

Toshkentda chiqindi maydonchasidagi noodatiy e’lon ijtimoiy tarmoqlarda muhokama qilinmoqda

Toshkentning Yunusobod tumanida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarga maishiy chiqindilarni tashqariga olib chiqish taqiqlangani haqidagi e’lon ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Tarqalgan suratda chiqindi yig‘ish maydonchasi yaqiniga o‘rnatilgan e’londa 15 yoshga to‘lmagan bolalarga chiqindilarni tashqariga olib chiqish mumkin emasligi qayd etilgan.

Mazkur yozuv Yunusobod tumanining 4-mavzesidagi 51-uy yaqinida joylashgan chiqindi yig‘ish maydonchasida aniqlangani aytilmoqda.

Biroq e’londa bunday cheklov joriy etilishiga nima sabab bo‘lgani yoki uning qaysi tartib asosida belgilanganiga izoh berilmagan.

Hozircha mazkur taqiqning sababi va kim tomonidan o‘rnatilgani yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berilmagan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar