
Qashqadaryo viloyatining Muborak tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1897–1901 yillarda Rossiya imperiyasida chiqarilgan oltin tangalarni sotishga uringan fuqaro ushlangan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qashqadaryo viloyati boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorlikda amalga oshirgan operatsiya natijasida fuqaro M.K. 10 dona qadimiy oltin tangani 71 million so‘mga sotgan va shu paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ekspertiza xulosalariga ko‘ra, bu tangalar 42,74 gramm og‘irlikka ega bo‘lib, ular qimmatbaho oltin qotishmasidan tayyorlanganligi tasdiqlangan. Tangalarda “Nikolay II” yozuvi borligi ularni tarixiy qiymatga ega qilishda ahamiyatli bo‘ladi.
Mazkur holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.