AQShning Illinoys shtatida yashovchi 25 yoshli Uitni Meyer ismli ona tomonidan egizak qizlari Kelani va Jeranining feysbukda joylashtirilgan suratlari ommalashib ketdi. Shundan keyin bu yoqimtoy opa-singillar haqida ko‘plab AQSh OAV ma’lumot bera boshladi.
Xo‘sh, bu egizaklar nimasi bilan shunchalik tanilib ketibdi, dersiz? Gap shundaki, bu egizaklarning tanasi rangi turlicha. Qizlarning onasi oq tanli, otasi Tomas Din esa qor tanli afroamerikalikdir. Qizlardan biri Kelani onasiga o‘xshab oq tanli va moviy ko‘zli, uning egizagi Jerani esa otasi kabi qora tanli va jigar rang ko‘zli bo‘lib tug‘ilgan, deb yozadi Kun.uz sayti.
Qizlar onasining aytishicha, uning ajoyib qizchalari irqchilik bo‘lmasligi kerakligining tirik ramzidir. "Ularning tanasi turli rangda bo‘lsa ham, qoni bir va biz ularni bir xilda yaxshi ko‘ramiz. Biz bir oilamiz va ularning tanasi rangiga e’tibor bermaymiz", deb aytdi ayol People jurnaliga bergan intervyusida.
Ayolning aytishicha, qizchalar 2016 yil 23 aprelda dunyoga kelishganda u turmush o‘rtog‘i bilan qizlarning tanasi rangidagi farqni ko‘rib ajablangan. Ota-ona Kelani oq tanli bo‘lgani uchun unda albinizm bor deb o‘ylashgan.
Genetik olimlarning aytishicha, qizchalarning holati kamdan-kam uchraydi. Turli tuxum hujayradan dunyoga kelgan qizlar ota-onalaridan ko‘z va tana rangiga javob beruvchi turli genlar guruhini nasl qilib olishgan. Bunday holat yuz berishi imkoniyati 500 tadan bittaga to‘g‘ri keladi.
Qizlar onasining aytishicha, hozirda 9 oylik qizchalar nafaqat tashqi ko‘rinish, balki fe’l-atvor bilan ham ajralib turishadi. Kelani serg‘ayrat va har qayerda emaklashni yaxshi ko‘radi, Jerani esa bosiqroq va hozircha emaklamaydi va qo‘lda o‘tirishni xush ko‘radi.
Qizchalarning 7 yoshlik Telan ismli akalari bor. U har kuni jajji singilchalariga uxlashlaridan oldin ertak aytib berishdan tolmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi