date

Ekologik reydda noodatiy holat: buzilgan tandirning pulini hokim o‘zi to‘ladi!

Ekologik reydda noodatiy holat: buzilgan tandirning pulini hokim o‘zi to‘ladi!

Andijon viloyatining Shahrixon tumanida o‘tkazilgan ekologik nazorat tadbirlari davomida buzilgan tandir bo‘yicha muhokamalar kuchaymoqda. Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Rahmatillo Razzaqov ma’lum qilishicha, reyd vaqtida aniqlangan noqonuniy joylashtirilgan tandirlarning biri buzilgan va uning qiymati tuman hokimi tomonidan shaxsan o‘z mablag‘idan qoplab berilgan.

Rasmiylarga ko‘ra, umumiy ovqatlanish obyektlarida yo‘l bo‘yiga qo‘yilgan tandirlar yong‘in xavfsizligi hamda sanitariya talablariga zid bo‘lgani uchun ularni ko‘chirish yoki demontaj qilish bo‘yicha ko‘rsatma berilgan. Natijada bir dona tandir buzilgan, yana ikkita tandir esa ichkariga ko‘chirilgan holda ishlatishda davom etmoqda.

Biroq tuman hokimligi tomonidan e’lon qilingan videolavhada uchta turli ko‘rinishdagi tandirlarning buzilgani aks etgani ijtimoiy tarmoqlarda savollar tug‘dirdi. Bu holat rasmiy bayonot va videodagi tasvirlar o‘rtasida tafovut borligini ko‘rsatmoqda.

Hozirda voqea keng muhokama qilinmoqda va reyd jarayonidagi tafsilotlarga oid qo‘shimcha izohlar kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Ekologik reydda noodatiy holat: buzilgan tandirning pulini hokim o‘zi to‘ladi!