
Andijon viloyatida kecha, 14 dekabr kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi mahalliy aholi e’tiborini tortdi. Viloyat YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, Tracker rusumli avtomobil haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan voyaga yetmagan velosipedchini urib yuborgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea soat 18:10 atrofida, Andijon shaharining Furqat ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1990 yilda tug‘ilgan haydovchi G‘.Sh. boshqarayotgan avtomobil tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyi yaqinida yo‘lni kesib o‘tayotgan 2016 yilda tug‘ilgan velosipedchi U.E.ga urilgan.
Hayriyatki, bola jiddiy shikastlanmagan — u RSHTYOIM Andijon filialida tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan va shifokorlar tomonidan uyiga qaytarilgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Andijon shahar IIOFMB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.