date

Kattako'rgonda ukoldan so'ng ayol vafot etdi

Kattako'rgonda ukoldan so'ng ayol vafot etdi

Samarqand viloyatining Kattako'rgon tumanida tibbiyot texnikumini tamomlagan fuqaro dugonasiga ukol qilganidan so'ng fojea yuz berdi. Tajriba yetishmagani va dori vositasiga organizmning kutilmagan reaksiyasi oqibatida bemor ayol hayotdan ko'z yumdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Ma'lumotlarga ko'ra, dugonalar shifokor ko'rigiga borgan va ulardan biriga gaymorit tashxisi qo'yilgan. Shifokor davolanish uchun ukollar kursini belgilagan, shundan so'ng bemor ukollarni dugonasi — tibbiyot yo'nalishida o'qigan tanishidan qilib berishni so'ragan.

Ko'p marotaba iltimosdan keyin hamshira ukolni o'zi ishlaydigan qandolat sexining podval qismida qilgan. Ukoldan so'ng bemorning ahvoli to'satdan og'irlashgan va u dori ta'siriga bog'liq reaksiyalar sabab vafot etgan.

Sud jarayonida hamshiraning qasddan jinoyat sodir etmagani, shuningdek ukol dugonasi bosimi ostida qilingani inobatga olindi. Yakunda unga 2 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kattako'rgonda ukoldan so'ng ayol vafot etdi