date

Kasbiy ta’lim agentligiga ikki nafar direktor o‘rinbosari tayinlandi

Kasbiy ta’lim agentligiga ikki nafar direktor o‘rinbosari tayinlandi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Kasbiy ta’lim agentligi direktorining ikki nafar o‘rinbosari tayinlandi. Ushbu lavozimlarga Shixnazar Sharafaddinov va Avzalxon Abdullaxonov kelgan. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.

Qayd etilishicha, tayinlovlar O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qarori bilan rasmiylashtirilgan. Shixnazar Sharafaddinov bungacha vazirlikning kasbiy ta’lim departamenti boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Avvalroq Avzalxon Abdullaxonov agentlikning moliya, iqtisodiyot hamda moddiy-texnik bazani mustahkamlash masalalari bo‘yicha boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Kasbiy ta’lim agentligi 2025 yil oktyabr oyida tashkil etilgan. Agentlik direktori etib Azimjon Husanov tayinlangandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Kasbiy ta’lim agentligiga ikki nafar direktor o‘rinbosari tayinlandi