Toshkentda mushukka shafqatsiz munosabatda bo‘lgan erkakning shaxsi aniqlandi

Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy yo‘lagida mushukka shafqatsiz munosabatda bo‘lgan erkakning shaxsi aniqlandi. 29 oktyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kuzatuv kameralari yozuvlari jamoatchilikning keskin noroziligiga sabab bo‘ldi.
Videoda erkak mushukni bir necha bor ushlab, yerga bosgani va uning oldingi chap panjasini qayirgani aks etgan. Veterinariya klinikasi ma’lumotlariga ko‘ra, hayvonning chap bilak suyagida yoriq aniqlangan. Mushuk jarohatlangan oyog‘iga to‘liq tayana olmayotgani aytilgan.
Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, erkakning shaxsi aniqlangan va hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Uning harakatlariga huquqiy baho beriladi.
Erkakning tushuntirishicha, u Instagram ijtimoiy tarmog‘i uchun video suratga olmoqchi bo‘lgan. Biroq mushuk qarshilik ko‘rsatgani uning shunday harakatlariga sabab bo‘lganini bildirgan.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari erkakni qonun doirasida javobgarlikka tortish, shuningdek, jabrlangan hayvonni davolash xarajatlarini uning zimmasiga yuklashni talab qilmoqda.






























Izohlar 0
…