Samarqandda Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ni haqoratlagan shaxsga nisbatan sud qarori chiqarildi

2025 yil 30 dekabr kuni 2004 yilda tug‘ilgan bir fuqaro internetning «Telegram» ijtimoiy tarmog‘ida o‘ziga tegishli profil orqali bir nechta Telegram kanalida izoh qismida diniy adovatni targ‘ib qiluvchi material tarqatganligi aniqlangan. Mazkur materialda Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v)ga haqoratli so‘zlar aytilgan.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlar davomida, fuqaroning harakatlari qonun doirasida tekshirilib, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184³-moddasiga asoslangan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Ushbu ma’lumotlar sudga yuborildi.
Paxtachi tumanining 2026 yil 9 yanvardagi sud qaroriga ko‘ra, fuqaroning xatti-harakati Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184³-moddasiga muvofiq, diniy adovatni targ‘ib qilish bilan bog‘liq ekanligi aniqlanib, unga 12 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, milliy, irqi, etnik yoki diniy adovatni tarqatish, saqlash yoki tayyorlash O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga ko‘ra jazolanishi mumkin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!