Ishtixonda aliment to‘lovchilar va ishsizlar uchun mehnat yarmarkasi o‘tkazildi

Majburiy ijro byurosi Ishtixon tuman bo‘limi tashabbusi bilan 2026 yil 21 yanvar kuni aliment to‘lovchi qarzdorlar, ishsiz xotin-qizlar va yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Tadbir tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda Ishtixon tumani “ISHTIHAN YIMIN IMPORT EXPORT GROUP” MCHJ korxonasi binosida o‘tkazildi. Unda ishsiz aliment to‘lovchi qarzdorlar, xotin-qizlar hamda yoshlar faol ishtirok etdi.

Mehnat yarmarkasida tuman hududidagi 15 ga yaqin korxona, tashkilot va muassasalar qatnashib, o‘zlaridagi 100 dan ortiq bo‘sh va kvota asosidagi ish o‘rinlarini taklif etdilar.
Yarmarkada jami 110 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ularning 14 nafariga ishga joylashish uchun yo‘llanmalar berildi va ular doimiy ish bilan ta’minlandi.

Shuningdek, bunday mehnat yarmarkalari har oyda muntazam o‘tkazilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu borada mutasaddi tashkilotlar bilan samarali hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!