Odam savdosida gumonlangan o‘zbekistonlik ayol Turkiyada ushlandi

Turkiyada xalqaro qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi M.X. qo‘lga olinib, belgilangan tartibda O‘zbekistonga qaytarildi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, M.X. Jinoyat kodeksining odam savdosiga oid 135-moddasi hamda qonunga xilof ravishda chet elga chiqishni nazarda tutuvchi 223-moddasi bo‘yicha jinoyat sodir etganlikda ayblanib, xalqaro qidiruvga berilgan.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, u bir guruh shaxslar bilan oldindan til biriktirgan holda fuqarolarni turli va’dalar bilan aldab, Qozog‘iston orqali Tailand va Turkiyaga olib chiqishda ishtirok etgan. Shuningdek, jabrlanuvchilarni ushbu davlatlarda fohishalik bilan shug‘ullanishga jalb qilganlikda ayblanmoqda.
O‘zbekiston va Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan o‘tkazilgan hamkorlikdagi tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida M.X.ning qayerda ekani aniqlangan.
Shundan so‘ng u qo‘lga olinib, tegishli tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirilgan.































Izohlar 0
…